Biz haqimizda
Baxt mazali taomdan boshlanadi.
Aksu oilaviy restorani mehmonlarga nafaqat taom, balki iliq muhit, samimiy xizmat va unutilmas taassurotlar ulashish maqsadida tashkil etilgan.
Biz ishonamizki, yaxshi taom sifatli mahsulot, tajribali oshpaz va mehmonlarga bo‘lgan hurmat uyg‘unligida yaratiladi. Shu bois har bir taomimizni saralab tanlangan mahsulotlardan, milliy an'analar va zamonaviy gastronomiya talablariga amal qilgan holda tayyorlaymiz.
Restoranimizning asosiy faxri — beshbarmoqlarimiz, xususan, an'anaviy usulda pishiriladigan yevrapa va milliy ovqatlarimizdir. Har bir taomimiz xushbo‘y hidi va sifatli masalliqlari bilan mehmonlarimiz dasturxoniga tortiladi. Bundan tashqari, taomnomamizdan turli xil kaboblar, issiq taomlar, salatlar va ajoyib ichimliklarni ham topishingiz mumkin.
Biz uchun har bir mehmon alohida qadr-qimmatga ega. Shu sababli restoranimizda qulay va shinam muhit yaratishga, xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga hamda buyurtmalarni imkon qadar tez va sifatli yetkazib berishga alohida e'tibor qaratamiz.
Aksu — bu oilaviy tushliklar, do‘stlar davrasi va unutilmas uchrashuvlar uchun yaratilgan maskan. Bu yerda har bir tashrif mazali taom va samimiy munosabatlar bilan yodda qoladi.
🕚 Ish vaqti: har kuni 11:00 dan 23:00 gacha.
Aksu oilaviy restorani sizni har kuni mamnuniyat bilan kutib oladi.
"Ot kuchini birgalikda oshiramiz!"